logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Yuqori chirchiq tumanida “Yangi agronom” tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

view 36

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov boshchiligidagi universitet jamoasi Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish maqsadida amaliy safar amalga oshirdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad agrar sohada dala madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish va ularni saqlash madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini yagona va uzviy tizim asosida tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Amaliy safar davomida “Yangi agronom” tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar batafsil o‘rganildi. Ushbu tizim doirasida yosh mutaxassislarni fermer xo‘jaliklariga biriktirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari, amaliy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Safar jarayonida universitet jamoasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan “Xusanov Shokirali” fermer xo‘jaligi, “Innovatsiya va texnologiyalarni joriy etish markazi” MCHJ, “Meros” fermer xo‘jaligi hamda “Raximjon tadbirkor” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Jarayon davomida Toshkent davlat agrar universiteti olimlari va mutaxassislari tomonidan fermer xo‘jaliklari hamda klaster vakillariga ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan takliflar ilgari surildi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.