logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida magistrlar uchun “Akademik harakatchanlik: imkoniyat va istiqbollar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

view 153

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Akademik harakatchanlik: imkoniyat va istiqbollar” mavzusida maxsus seminar tashkil etildi. Seminarda akademik harakatchanlik tanlovlarida ishtirok etish tartibi, hujjat topshirish jarayonlari hamda magistrlar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha yoritildi. Tadbir davomida Biotexnologiya yo‘nalishi 2-bosqich magistri Nilufar To‘laganova o‘z shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, tanlov nizomi, ariza topshirish bosqichlari va ishtirok etishning afzalliklari bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, seminarda soha mutaxassislari va rahbariyat vakillari ishtirok etdi.

Jumladan, Magistratura bo‘limi boshlig‘i U. Ballasov, fakultet dekani T. Shamsiddinov hamda kafedra mudirlari magistrantlarga amaliy tavsiyalar berib, ularni akademik harakatchanlik dasturlarida faol ishtirok etishga undadilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.