logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoylik professor òqituvchi ishtirokida tajriba mashģuloti òtkazildi

view 232

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan malaka oshirish, tajriba almashish imkoniyatlari kengaymoqda. Shu bilan birga, nufuzli xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ishtirokida mahorat darslari, ilmiy seminar va uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Anxuy qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlik ham izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Anxuy qishloq xo‘jaligi universiteti Agronomiya fakultetining O‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi professori Li Zhikang tomonidan Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasida “Yuqori hosildor sholi navlari: konsepsiya, tadqiqot yutuqlari va istiqbollari” mavzusida mahorat darsi ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruza davomida faol savol-javoblar, ilmiy fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi va mashg‘ulot ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.