logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar izchil davom etmoqda

view 189

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida tizimli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, TDAU profilaktika inspektori R. Maxmudov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Harbiy-vatanparvarlik loyihalar koordinatori I. Murodullayev boshchiligida talaba-yoshlar ishtirokida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 48-sonli manzil koloniyasiga profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqbuzarlik va zararli illatlarga qarshi ongli immunitetni shakllantirish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi. Jarayon davomida talabalarga Prezidentimiz Farmonining mazmun-mohiyati, uning jamiyat va yoshlar hayotidagi ahamiyati, huquqiy ong va shaxsiy mas’uliyatni oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.