Toshkent davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha "Uzcosmos" agentligi mutaxassislari Kosmik monitoring ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Kamalov Umidjon, Kosmik sohada ilm-fan va strategiyalar bo‘limi bosh mutaxassisi Karimov Jaxongir va boshqa mutaxassislar ishtirokidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
"AgroEcoClub" jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir "Kelajak uchun bilim va innovatsiya" g‘oyasi ostida o'tkazildi.
Seminar davomida sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida erlarning holatini monitoring qilish, suv resurslarini samarali boshqarish va hosildorlikni koinotdan turib aniq bashorat qilish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi innovatsiyalar nafaqat yuqori texnologiya, balki iqtisodiy samaradorlikning yangi bosqichidir.
Seminar-treningda "Uzcosmos" agentligining tajribali mutaxassislari talabalarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini ulashib, o‘simliklar monitoringi va ekologik barqarorlikni ta’minlashda masofaviy zondlashning ahamiyatini amaliy misollar yordamida ko‘rib chiqdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


