Hosilning kamayishiga kòchatlarni notóģri kóchirib ótkazish ham sabab bo‘ladi. Eng avvalo, ko‘chatni juda yosh yoki qarib ketgan holatda ko‘chirmaslik kerak. Eng maqbul payt — 4–6 bargli, sog‘lom ko‘chat davri. Ko‘chirish jarayonida ildizning shikastlanishi katta xato hisoblanadi, shuning uchun ko‘chatni tuprog‘i bilan birga olish tavsiya etiladi. Ko‘chatni quyosh qizdirib turgan paytda ko‘chirish ham noto‘g‘ri, bunday holatda u tez so‘lib qoladi. Eng yaxshi vaqt — ertalab yoki kechqurun.
Ekish chuqurligiga ham e’tibor berish lozim: juda chuqur yoki sayoz ekish o‘sishni sekinlashtiradi, ildiz bo‘yni tuproq sathida bo‘lishi kerak. Sug‘ormasdan ko‘chirish ham katta xato, ekishdan oldin va keyin tuproq nam bo‘lishi shart. Ko‘chirgandan keyin 3–5 kun davomida ko‘chatni yengil sug‘orib, quyoshdan himoyalash moslashishni tezlashtiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
