logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

XALQARO HAMKORLIK — AGRAR SOHADA YANGI BOSQICH

view 34

Niderlandiya–O‘zbekiston simpoziumi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim voqea bo‘ldi. Universitet rektori Narzullo Oblomuradov Niderlandiyaning suv boshqaruvi va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha maslahatchisi Alfred Evers hamda Wageningen University & Research vakili Ronald Voogdt bilan olib borgan muloqotlar davomida bir qator ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Xususan, qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, agro-ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini global talablar darajasida rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Mazkur hamkorlik nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga, balki ilm-fan va innovatsiyalar asosida agrar sohani yangi bosqichga olib chiqib, global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.