logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro hamkorlik doirasida Italiya va Misr Arab Respublikasida ilmiy-amaliy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda

view 265

Xususan, Italiya Respublikasining Atessa shahrida joylashgan Valagro S.p.A. kompaniyasining taklifiga binoan Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi dotsenti Saidov Istam Rustamovich xalqaro hamkorlik doirasidagi tadbirlarda qatnashmoqda. Valagro S.p.A. kompaniyasi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritib, organik o‘g‘itlar va biostimulyatorlar ishlab chiqarish sohasida yetakchi agrokompaniyalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti, O‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi professor-o‘qituvchilari O.T. Usvaliyev va S.I. Ubaydullayevlar “Chemical Solutions” MCHJ tomonidan joriy yilning 11–18-yanvar kunlari Misr Arab Respublikasida tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdilar. Seminar jarayonida xorijiy mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashildi, shuningdek, Chemical Solutions, Syngenta Biologicals hamda Valagro agrofirmalari tomonidan ishlab chiqarilgan preparatlar va mikrobiologik o‘g‘itlar seminar o‘tkazilgan hududdagi yashil o‘simliklarda amaliy sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro nufuzini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish hamda xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.