logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va “Korzinka” o‘rtasidagi amaliy hamkorlik yangi bosqichga ko’tarildi

view 2

Toshkent davlat agrar universiteti hamda “Korzinka” o‘rtasida fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan samarali hamkorlik rivojlanmoqda. Hamkorlikning asosiy maqsadi — talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni real ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirishdan iborat. Mazkur yo‘nalishda Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi mudiri S.E. Avazov hamda kafedra assistenti D.D. Qodirova tomonidan “Korzinka” bo‘lim mudirlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminar davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, fitopatologik nazoratni takomillashtirish, shuningdek, sohaga zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida dual ta’limni rivojlantirish, talabalarni amaliyotga keng jalb etish, ularning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.