logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha amaliy seminar-trening tashkil etildi

view 102

Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar kursi doirasida navbatdagi seminar-trening uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassislarning bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasiga tashrif buyurib, Xitoy Xalq Respublikasi hamkorligida tashkil etilgan zamonaviy laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mamlakatimiz hududlarida uchraydigan turli tuproq tiplari jamlangan tuproq kolleksiyasi namoyish etilib, uning ilmiy-amaliy ahamiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur seminar-treningning asosiy maqsadi Agrosanoat agentligi xodimlarini zamonaviy talablar asosida tayyorlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh, malakali kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.