logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Buyuk ajdodlar yodi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

view 76

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakultetida dekan o‘rinbosari I. Toshtemirov hamda tyutorlar boshchiligida “Buyuk ajdodlar yodi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy – millat g‘ururi, ma’naviyat sarchashmasi” hamda ulug‘ sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur izdoshlari mushoirasi” doirasida o‘tkazildi.
Tadbirda iqtidorli talaba-yoshlar, yosh kitobxonlar hamda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Professor-o‘qituvchilar M. Nurutdinova va M. Qasimovalar buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Shuningdek, Navoiy va Bobur ijodidan namunalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.