Yurtimizda iyun oyi yosh avlodga bo‘lgan yuksak e’tibor va ishonch timsoli sifatida “Yoshlar oyligi” deya keng nishonlanadi. Ushbu oy davomida Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida аhamiyat qaratiladi
Yoshlar — jamiyatning eng katta kuchi, kelajak taraqqiyotining ishonchli tayanchidir.
Bugungi izlanuvchan, tashabbuskor va intiluvchan yoshlar ertangi kunimizning bunyodkorlari hisoblanadi. Ularning bilimga bo‘lgan intilishi, erishayotgan yutuqlari va ilg‘or g‘oyalari mamlakatimiz ravnaqi hamda taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish — kelajakka qaratilgan eng muhim sarmoyadir.
Ijtimoiy tarmoqlar:
