Tashrif davomida viloyat hokimi dastlab universitet hududida yangi qad rostlagan “Renessans” ma’ruzalar majmuasini ko‘zdan kechirdi hamda iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art galereya” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o’z so’zida, so‘nggi yillarda universitetda yaratilgan ta’lim va ijodiy muhit tubdan o‘zgarganini, talabalar uchun barcha zarur sharoitlar to‘liq ta’minlanganini alohida ta’kidladi. Talabalar nafaqat agrar sohada, balki san’at va ijod yo‘nalishlarida ham o‘z salohiyatini namoyon etayotganini ko‘rib, bundan mamnun ekanini bildirdi.
Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy infratuzilma va talabalarning har tomonlama rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


