logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida tuproq degradatsiyasini GIS texnologiyalari asosida o‘rganish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

view 195

Toshkent davlat agrar universitetida Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlar uchun ArcGIS va QGIS geografik axborot tizimlari yordamida tuproq degradatsiyasi jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan amaliy mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida Sentinel-2 multispektral ma’lumotlari asosida NDVI, SAVI, EVI kabi vegetatsiya indekslarini hisoblash, tuproq degradatsiyasi darajalarini aniqlash hamda ularni tematik xaritalar ko‘rinishida aks ettirish usullari o‘rgatildi. Shuningdek, Copernicus Data Space Ecosystem platformasi orqali Sentinel-2A va Sentinel-2B sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish, xaritalarni klassifikatsiya qilish va tuproq degradatsiyasini baholash masalalari atroflicha yoritildi.

Amaliy jarayonlarda ArcGIS dasturi yordamida raster va vektor ma’lumotlar bilan ishlash, tuproq degradatsiyasi sinflarini ajratish hamda xaritalarni professional dizayn asosida tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.