O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida mustaqil ekspertlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlar tashkil etildi va hozirda faol davom etmoqda.
Mazkur seminarlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy maqsadi sug‘urta hodisalarini aniqlash, zarar miqdorini professional baholash hamda xalqaro standartlarga mos mustaqil ekspertlar korpusini shakllantirishdan iborat. Universitetda tashkil etilgan o‘quv kurslarida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy ekspertlar ham jalb etilgan. Dars jarayonlari nazariy mashg‘ulotlar, amaliy treninglar hamda dala sharoitida baholash uslublari asosida olib borilmoqda.
Dastur doirasida 2026-yil 1-fevralga qadar har bir hududdan kamida 5 nafardan, 2027-yil 1-martga qadar esa jami 600 nafardan ortiq mustaqil ekspert tayyorlash rejalashtirilgan.
Mazkur o‘quv jarayonlari mamlakatda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini takomillashtirish, risklarni samarali boshqarish, shuningdek, fermer va klasterlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


