favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlar izchil davom etmoqda!

view 47

Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyatdagi dolzarb muammolarga yechim topish maqsadida boshlangan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida keng ko‘lamli targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. “Buyuk allomalarga ehtirom” – tariximizga hurmat ifodasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.G. Muxanova tashabbusi bilan Agronomiya fakulteti 24-07-guruh talabalari ishtirokida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir yoshlarda tarixiy xotira va milliy qadriyatlarni qadrlash hissini mustahkamlashga xizmat qildi. “Sen bilan bir kun” – jamiyatda sog‘lom muhit uchun ruhiy ko‘mak Universitet psixologi S. Abdullayeva tomonidan Qibray tumanidagi “Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi aholiga psixologik maslahatlar berildi. Suhbatlarda oilaviy kelishmovchiliklar, shukronalik hissini shakllantirish, muammolarni barvaqt aniqlash va profilaktik yondashuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mohir qo‘llar” to‘garagi – yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish tashabbus “Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar” fakulteti “Agroiqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Z. Xalmuxamedova tomonidan yozgi ta’til vaqtida talabalar uchun “Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil etildi. To‘garak doirasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyatlar amalga oshirildi. 23-sonli maktabdagi targ‘ibot – yoshlar bilan bevosita muloqot “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda yoshlarga sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilindi.

Jamiyatimizda yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolar – ishsizlik, oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlar o‘rtasidagi bo‘shliq, salbiy illatlar – barchamizdan jonkuyarlik va hamjihatlikni talab qilmoqda. Shu bois, har qanday muammoning yechimi avvalo profilaktik yondashuv, ya’ni oldini olishdan boshlanadi. Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlari izchil davom ettirilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.