Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tashabbusi bilan “Milliyligimiz — ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida fayzli adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirning asosiy urg‘usi milliy meros targ‘iboti universitet tarbiyachi-pedagoglari tomonidan o‘zbekona qadriyatlarimizni aks ettiruvchi maxsus milliy ko‘rgazmalar namoyish etildi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Mas’ullar milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida hayotiy misollar bilan so‘z yuritishdi. Tadbir nafaqat ma’ruza, balki jonli muloqot maydoniga aylandi she’riyatga oshno talabalar o‘z ijod namunalari va mumtoz asarlardan parchalar o‘qib berishdi, talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etishdi.
Ushbu uchrashuv yoshlar uchun chinakam ma’naviy ozuqa bo‘ldi va ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini va kitobxonlik naqadar muhim ekanini yanada mustahkamladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



