Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabr kuni qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyatida Mirzacho‘l innovatsion qishloq xo‘jaligi Azamat maktabi faoliyatini boshladi. Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi , Jizzax viloyati hokimligi, Fermerlar kengashi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari ishtirokida mazkur maktabning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Birinchi bosqichda Jizzax viloyatining Mirzacho’l, Do’stlik va Arnasoy tumanlarining 100 nafardan ortiq fermerlari uchun maxsus 40 soatlik o’quv kursiga start berildi. O‘quv jarayonlari yuqori malakali professor-o’qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar tomonidan paxtachilik va g’allachilkda ilg‘or agrotexnologiyalar hamda innovatsiyalar asosida olib borilmoqda. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va Mirzacho‘l innovatsion qishloq xo‘jaligi Azamat maktabi o‘rtasida ilmiy, o‘quv, texnik va amaliy hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuv fermer xo’jaliklari va agroklasterlar o‘rtasida bilim va malaka almashinuvi, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:





