Xususan, tanlov yakunlariga ko‘ra, universitetimizning 4 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, 4 nafar talaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi hamda 2 nafar talaba Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdek yuksak sharafga muyassar bo‘ldilar. Mazkur yutuqlar talabalarning izchil va samarali mehnati, mustahkam bilim va yuqori akademik salohiyati, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning fidokorona ilmiy-pedagogik faoliyati natijasi ekanini yaqqol tasdiqlaydi. Ushbu muvaffaqiyatlar Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy izlanishlar olib borishi hamda o‘z intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasi hisoblanadi. Davlat stipendiyalari sovrindorlarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz, ularga kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatida yanada katta yutuqlar, ulkan zafarlar tilaymiz.
Ijtimoiy tarmoqlar:
