2025/2026-o‘quv yilining 1-semestrida akademik almashinuv dasturi doirasida Anhui qishloq xo‘jaligi universitetining 25 nafar talabasi Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olib, ilmiy-amaliy bilimlarini boyitmoqda.
Xorijlik talaba yoshlarga Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti “O‘simlikshunoslik” kafedrasi mudiri, dotsent Ch.X. Ulug‘ov, professor A.I. Nurbekov, professor J.B. Xudayqulov hamda dotsent S.Sh. Xayrullayev tomonidan ma’ruza va ko‘rgazmali amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


