Archani to‘g‘ri shakllantirish uning sog‘lom o‘sishi, manzarali ko‘rinishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlaydi. Shakl berish uchun eng maqbul davr — erta bahor (shira yurishi boshlanishidan oldin) yoki yoz oxiri. Kuz va qish mavsumida kesish tavsiya etilmaydi.
Kesish qoidalari quruq, kasallangan va sinib qolgan shoxlar olib tashlanadi, ichkariga qarab o‘sayotgan novdalar siyraklashtiriladi, bir mavsumda yashil massasining 25–30% dan ortig‘i kesilmasligi kerak. Asboblar faqat o‘tkir va dezinfeksiya qilingan bog‘ qaychisi yoki arradan foydalaning. Kesishdan so‘ng archaga yetarli miqdorda suv beriladi, zarurat bo‘lsa, biologik o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi.
Haddan tashqari kesish archani zaiflashtiradi va kasalliklarga moyil qiladi !
Ijtimoiy tarmoqlar:
