Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Lapasov, Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi hodimlari, Yoshlar ittifoqi faollari hamda “Bo‘ston notiqlari” jamoasi hamkorligida Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir universitetga biriktirilgan atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qaipbergenov haykali poyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirning diqqatga sazovor jihatlari Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan haykal poyiga gullar qo‘yilib, ikki buyuk ijodkor — Alisher Navoiy va To‘lepbergen Qaipbergenovning adabiy merosi yodga olindi. “Bo‘ston notiqlari” jamoasi tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar mahorat bilan ijro etildi. Bu chiqishlar yoshlar orasida mumtoz adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiyning “Xamsa” asari va uning jahon tamaddunidagi o‘rni haqida ma’ruza qildilar.
“Adiblar xiyoboni”dagi bunday tadbirlar talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishga, milliy adabiyotimiz va qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga xizmat qiladi.”
Ijtimoiy tarmoqlar:



