Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga muvofiq Toshkent davlat agrar universitetida “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish jarayonida talabalar uchun yaratilgan tozalik va gigiyena sharoitlari, sanitariya qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, talabalar turar joyidagi oshxona, hojatxona va kirxona holati batafsil ko‘zdan kechirildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Z.Qosimova hamda Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J. Lapasov ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalar salomatligi va xavfsiz muhitini ta’minlash, tozalik madaniyatini yanada oshirish borasida taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



