logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Dunyoga mashhur tropik meva haqida eshitganmisiz?

view 208

Rambutan dunyodagi eng mashhur tropik mevalardan biri bo'lib, o‘zgacha ko'rinishdagi "uzun tuklari" bilan ajralib turadi. Asosan Malayziya, Tailand, Hindiston va Janubiy Amerika davlatlarida yetishtiriladigan bu mevaning qizil va tukli po‘sti ostida shirin ta'mga ega mayin va oppoq yumaloq mag'zi joylashgan. Tatib ko‘rish uchun albatta mevani o‘rtasidan ikkiga bo‘lish zarur. Ushbu mevani asosan yangi uzilgan yoki shakar bilan konservalangan holda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Meva yetishtirilayotganda va uni tatib ko‘rayotganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak, sababi – mevaning xom urug‘lari zaharli, ammo qovurilganlari zararsizdir.

Xarid jarayonida asosan uning rangiga e'tibor qaratish tavsiya etiladi, chunki rangi qanchalik pushti bo‘lsa, ta'mi shuncha shirin va mazali bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.