logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU delegatsiyasi Northwest A&F universitetining «Yozgi ilmiy lageri»da ishtirok etmoqda

view 24

Toshkent davlat agrar universitetining mutaxassis va iqtidorli talabalaridan iborat delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning nufuzli Northwest A&F universitetida tashkil etilgan navbatdagi "Yozgi ilmiy lager" (Summer Science Camp) dasturida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur ilmiy safar doirasida talabalarimiz universitetning zamonaviy laboratoriya majmualari, innovatsion ta’lim yo‘nalishlari va keng ko‘lamli ilmiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik aloqalar yildan-yilga mustahkamlanib, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda birgalikdagi ilmiy loyihalar orqali o‘zining amaliy natijalarini ko‘rsatmoqda.
Oldinda turgan dasturlar davomida talabalarimiz uchun yangi ilmiy tashabbuslar shakllanishi va xalqaro maydonda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.