Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari Mirzacho‘l tumanida tashkil etilgan “Azamat” innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi faoliyatida faol ishtirok etib, tinglovchilarga chuqur nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar taqdim etdi. Xususan, professorlar B. Boltayev, Sh.I. Axmurzayev va dotsent X.D. Irisov ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun mazmunli dars mashg‘ulotlarini olib bordilar. Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, almashlab ekish tizimini samarali tashkil etish, tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy asoslari, g‘o‘zani kasallik va zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilish usullari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ushbu uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, fermer xo‘jaliklari samaradorligini oshirish hamda soha mutaxassislarining bilim va malakasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


