Mazkur ko‘rik-tanlov universitetning O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti, Zooinjeneriya fakulteti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti hamda Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetlarida tashkil etildi. Tanlovda har bir fakultetdan olti nafardan talaba qizlar ishtirok etib, uch shart asosida bellashdilar. Ishtirokchilarning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan shaffoflik tamoyillari asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Karimboyeva Sevara, Izbasarova Gulbonu, Sadoqat To‘lqinova hamda Muxtorova Gulshodalar universitet bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


