S.Seifullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnologik tadqiqotlar universitetining bir guruh magistrantlari O‘rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasida stajirovka o‘tamoqda. Stajirovka davomida magistrantlar kafedraning o‘quv hamda ilmiy laboratoriyalaridagi zamonaviy jihozlardan samarali foydalanish, loyihalash jarayonlarini chuqur o‘rganish va ilmiy tajribalar olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Mazkur stajirovka ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda soha bo‘yicha professional malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


