logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent traktor zavodida respublika o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi

view 15

Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Toshkent traktor zavodi" MCHJ hamkorligida “Agromuhandislik sohasida dual ta’lim: hamkorlik va ilg‘or tajribalar almashinuvi” mavzusidagi respublika o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.  Mazkur tadbir davlatimiz rahbarining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari Davron Hidoyatov, Toshkent davlat agrar universiteti Narzullo Oblomuradov hamda 20 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etishdi.  Seminar doirasida ishtirokchilar zavoddagi ilm markazi, muzey va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.  Shuningdek, dunyoga mashhur "Claas" kombaynlari yig‘uv uchastkalari va TDAU talabalari uchun joriy etilgan dual ta’limning amaliy natijalari ko‘zdan kechirildi.  Hozirda zavodda dual ta’lim asosida tahsil olayotgan yoshlarga nafaqat zamonaviy bilim, balki to‘liq ijtimoiy paket taqdim etilmoqda:
✅ Bepul transport va issiq tushlik; 
✅ Maxsus ishchi formasi; 
✅ 3 million so‘mga yaqin oylik maosh. 
Tadbir yakunida "Toshkent traktor zavodi" MCHJ va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, bunday tizim soha uchun yetuk va tajribali kadrlarni tayyorlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.