logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Og‘usiz hayot” videoroliklar tanlovi

view 50

Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida universitet talabalari o‘rtasida “Og‘usiz hayot” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qiladi. Tanlovning asosiy maqsadlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib, giyohvandlikning ayanchli oqibatlarini badiiy va kreativ usulda ko‘rsatib berish, talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar:
Mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi; Giyohvandlikning oila, jamiyat va kelajakka salbiy ta’siri aks etishi;
Davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo‘lishi;
Video rolikda talabaning oʻzi ham ishtirok etgan boʻlishi shart.
Sizning birgina videoroligingiz kimnidir hayotga qaytarishi yoki xatodan asrab qolishi mumkin!

Tayyorlangan ijodiy ishlarni @isfandiyor_botirovich manziliga yuborishingiz mumkin. Biz bilan birga bo‘ling, giyohvandlikka qarshi birga kurashaylik

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.