logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU delegatsiyasi Rossiyaning nufuzli Timiryazev akademiyasida bo’ldi

view 2

Xalqaro aloqalarini kengaytirish, zamonaviy agrar ta’lim va ilm-fanning ilg‘or yutuqlarini o‘rganish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov boshchiligidagi delegatsiyasi Rossiya davlat agrar universiteti – K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori, Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) akademigi, professor Vladimir Ivanovich Truxachev hamda TDAU delegatsiyasi o‘rtasida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot yakunida ikki oliygoh o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda global reytinglardagi o‘rinni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Muzokaralar davomida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan quyidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi:
Akademik mobillik: Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yanada faollashtirish;
Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar: Agronomiya, biotexnologiya, tuproqshunoslik va seleksiya yo‘nalishlarida transmilliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
Tajriba almashish: Raqamli qishloq xo‘jaligi va innovatsion agrotexnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishda Timiryazev akademiyasining ilg‘or tajribasidan foydalanish.
TDAU delegatsiyasi akademiyaning boy tarixga ega bo‘lgan tarixiy kampusi, noyob eksponatlarga boy muzey kompleksi, zamonaviy laboratoriyalari hamda Botanika bog‘i va issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Rossiyalik olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va o‘quv jarayonining tashkil etilishi TDAU vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.