logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Rossiya Federatsiyasi ilmiy delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 32

Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori, akademik V.L. Kvint boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining V.N. Sukachev nomidagi O‘rmon instituti direktori Aleksandr Aleksandrovich Onuchin ham ishtirok etdi. Mazkur delegatsiya a’zosi universitet rektori N. Oblomuradov hamda o‘rmonchilik sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida O‘rmon xo‘jaligi va Landshaft dizayni, Ekologiya, Meteorologiya va klimatologiya hamda Ekologik muhandislik kabi yo‘nalishlarda ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish hamda ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, ikki muassasa o‘rtasida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy stajirovkalar tashkil etish hamda qo‘shma ilmiy nashrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘rmonchilik sohasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq amaliy choralarni belgilab oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.