O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro hamkorlik davom ettirilmoqda. Ayni kunlarda universitetimizning 30 nafar iqtidorli talabalari akademik mobillik dasturi doirasida K.I.Skryabin nomidagi Qirg‘iziston milliy agrar universitetida tahsil olmoqdalar. Talabalarimiz 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestrini oflayn shaklda davom ettirib, Qirg‘izistonning yetakchi olimlari tomonidan sohadagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hamda nazariy bilimlarni qo‘shni davlatning o‘ziga xos iqlim va tuproq sharoitida amaliy sinab ko‘rish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqdalar. Ushbu hamkorlik nafaqat talabalar almashinuvi, balki professor-o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy agrar ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Talabalarimizga xalqaro ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



