Xalq ovozi gazetasining 2026-yil 20-fevraldagi 8-sonida Toshkent davlat agrar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti F. Mamadaliyevaning “Tiriklik uchun zaruriy vosita” nomli maqolasi chop etildi.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.