Poytaxtimizdagi muhtasham Olimpiya shaharchasi hududida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining 2026-yilgi mavsumiga tantanali ravishda start berildi. Mazkur nufuzli yoshlar forumining ochilish marosimida Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Tadbirda univeristetimizdan 150 nafarga yaqin vakillar — Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi xodimlari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, Yoshlar ittifoqi faollari hamda iqtidorli talaba-yoshlar qatnashdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



