logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti delegatsiyasining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

view 4

Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida hozirda amalga oshirilayotgan o‘simliklar himoyasi hamda suv resurslarini boshqarish sohalaridagi qo‘shma ilmiy loyihalar atroflicha muhokama qilindi. Ushbu loyihalarning samaradorligi, amaliy natijalari va ularni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar davomida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, Xitoy va Markaziy Osiyo yoshlari o‘rtasida iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro forum tashkil etish, yangi ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Tomonlar ushbu uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidlab, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.