logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Ogohlik va ehtiyotkorlik – davr talabi” mavzusida targ’ibot  tadbiri bo‘lib o‘tdi

view 104

Adolat sotsial-demokratik partiyasi, Qibray tumani Adliya bo‘limi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida firibgarlikka qarshi kurashish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Lapasov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari A.Raxmonov “Ogohlik va ehtiyotkorlik – davr talabi” mavzusida ma’ruza qilib, firibgarlik jinoyatlarining oldini olishda jamoatchilik hushyorligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi R.Alimov firibgarlikning asosiy ko‘rinishlari, xususan, internet va telefon orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB ATSJKQB katta tezkor vakil leytenanti D.Toʻlqinov sòzga chiqib huquqbuzarliklarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish haqida gapirdi. Universitet profilaktika inspektori R.Maxmudov tomonidan ogohlikni kuchaytirish masalalari gapirildi. Shuningdek, Qibray tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Matrasulov fuqarolarning huquqiy savodxonligi ularning eng muhim himoya vositasi ekanini alohida qayd etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.