O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim sifatini oshirish maqsadida universitetimizda xalqaro hamkorlik tadbirlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan, Turkiyaning nufuzli Ankara universiteti professori Soner Kazaz oliygohimizga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis talabalar va soha vakillari uchun “Manzarali daraxtlar va gullarni ko‘paytirish texnologiyalari” mavzusida qiziqarli ma’ruza hamda mahorat darslarini o‘tmoqda. Darslarning eng muhim qismi universitetimizning tajriba xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida professor Soner Kazaz quyidagilar haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Zamonaviy ko‘paytirish usullari manzarali o‘simliklarni parvarishlashda Turkiya va jahon tajribasi, Innovatsion texnologiyalar gullarni yetishtirishda resurs tejovchi va samarali usullarni qo‘llash. Seleksiya sirlari hududimiz iqlimiga mos keluvchi manzarali daraxt turlarini tanlash va oziqlantirish. "Bilim amaliyot bilan mustahkamlangandagina haqiqiy natija beradi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti manzarali bog‘dorchilikni yangi bosqichga olib chiqish uchun juda qulay," — deydi professor Soner Kazaz.
Ushbu xalqaro hamkorlik talabalarimizning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayni sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


