Toshkent davlat agrar universitetining òquv tajriba xòjaligida Toshkent davlat agrar universitetini olimlari M.Z.Faxriddinov, S.T.Jòrayev, A.A.Xurramov va S.T.Mansurovlar mandarinning yangi "Mediana" navini yaratishdi. Endilikda bozorlarimizda uzoq yo‘l bosib kelgan import mandarinlar o‘rnini o‘zimizning quyoshli iqlimimizda yetishtirilgan "Mediana" navi egallaydi. “MEDIANA” mandarin navi respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga mos, yuqori hosilli va ekologik toza nav hisoblanadi. Nav 10 yil davomida sintetik seleksiya usulida yaratilgan bo‘lib, F2 “Yubileniy” navli limon ko‘chatlari payvandtag sifatida qo‘llanilgan. Ekish zichligi 1 gektarga 2000 tup ko‘chatni tashkil etadi. Ko‘chatlar sog‘lom va sifatli bo‘lishi lozim. Yuqori hosildorlikka erishish uchun o‘z vaqtida sug‘orish, o‘g‘itlash hamda shakllantiruvchi va sanitariya budamasini amalga oshirish zarur.
Mevalari to‘rtburchaksimon, ta’mi juda shirin va bozorbop. Mazkur navni keng joriy etish mahalliy, raqobatbardosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulot yetishtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
