O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasidagi PQ-110-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, universitetimizning bir guruh faol va iqtidorli talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad: • “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish; • “10 ming qadam” piyoda yurish aksiyasida qatnashish; • Hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida daraxt ekish ishlarida faollik ko‘rsatish; • Yoshlar eko-festivallarida universitetimiz nufuzini munosib himoya qilish. Ushbu tadbir nafaqat ekologik ta’lim va targ‘ibotni kuchaytirish, balki yoshlar o‘rtasida tabiatga bo‘lgan mas’uliyat hissini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eko-yo‘nalishdagi talabalarimiz va olimlarimiz mazkur xalqaro anjumanda o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ham ishtirok etadilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



