logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Korrupsiyaga qarshi kurashish va yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati

view 23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan” bayonining 17-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-fevraldagi 02/23-613-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida moliyaviy huquqbuzarlik va yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Magistratura Boshqaruv fanlari kafedrasi professori Sharif Raximovich Qobilov “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti Agroiqtisodiyot kafedrasi professori, akademik Saidasror Saydaxmedovich Gulyamov “Moliyaviy huquqbuzarlik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish” mavzusida, universitet Bosh auditori Eshmurodov Javlon Davron o‘g‘li esa “Yashirin iqtisodiyot va uning javobgarligi to‘g‘risida” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida Sh. Qobilov tomonidan xodimlar hamda universitet kutubxonasiga B.A. Matlyubovning “O‘zbekistonda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash tarixi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘quv-metodik qo‘llanmalari taqdim etildi.

Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda korrupsiyaga, moliyaviy huquqbuzarlik va yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz pozitsiyani shakllantirish, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.