logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

view 9

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti tyutorlari hamda talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida atoqli adib To‘lepbergen Kayipbergenov haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi mas’ullari, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari, tyutorlar hamda „O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar adibning hayoti va ijod yo‘li, uning o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalariga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Dastur doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini, qiziqarli sport musobaqalari, milliy raqs chiqishlari tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdilar. Shuningdek, talabalar o‘rtasida ijodiy ishlar va rasmlar tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi ishlarga munosib baho berildi. Milliy sport o‘yinlari esa yoshlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatni oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi. Ma’lumot uchun, shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aprel–may oylarida boshqa fakultetlar kesimida ham davom ettiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.