Toshkent davlat agrar universiteti professori A.Azizov Finlyandiyaning Kuopio shahrida joylashgan Sharqiy Finlyandiya universitetida (UEF) 2026-yil 21-fevraldan 2-martgacha bo‘lgan muddatda malaka oshirish va tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqda. Dastur doirasida universitet rahbariyati va xalqaro aloqalar bo‘limi bilan uchrashuvlar, ta’lim jarayoni va xalqaro hamkorlik tizimi bilan tanishuv, ilmiy laboratoriyalarga borib kòrishdi.
Kutubxona faoliyatini o`rganish, oziq-ovqat va sog'liqni saqlash tadqiqot laboratoriyalari bilan tanishish, agrar ta’lim va ekologik tadqiqotlar sohasida tajriba almashish dasturdan òrin olgan. Mazkur akademik mobillik ikki tomonlama xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


