logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov yaqindan tanishdi

view 31

Dastlab, hokim o’rinbosari “Renessans” ma’ruza zalida bo‘lib, universitet jamoasi bilan samimiy fikr almashdi. Shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida faoliyat yuritayotgan “Manzarali ko‘chat yetishtirish” laboratoriyasi ish jarayoni bilan tanishildi. Bu yerda ko‘chat yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari hamda landshaft dizayniga oid ilg‘or tajribalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jarayon davomida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetidagi quritish laboratoriyasi hamda Janubiy Koreyaning Andong milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Asal sifatini tahlil qilish” laboratoriyasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi muhitini yaxshilash va professional kadrlar tayyorlash” loyihasi doirasidagi zamonaviy ilmiy laboratoriya faoliyati ham taqdim etildi. Jarayon davomida ilmiy tajriba almashish va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, hokim o’rinbosari qisqa muddat ichida universitetda olib borilgan islohotlarni yuqori baholadi.

Shundan so’ng, universitet hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko’chatlar ekildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.