Ayni kunlarda Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Go‘zal Vatan” xalqaro festivali yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Mazkur festival agrar soha va san’at uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan holda, ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Festivalning 6-kuni qadimiy va betakror tarixga ega bo‘lgan Buxoro viloyatida davom etdi. Ushbu muazzam maskan o‘zining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va o‘ziga xos muhit bilan ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirmoqda Festival doirasida ijodkorlar tomonidan yaratilayotgan asarlar orqali yurtimizning go‘zalligi, milliy qadriyatlari va agrar sohadagi yutuqlari keng targ‘ib etilmoqda.
“Go‘zal Vatan” — bu nafaqat festival, balki Vatanimizni sevish, uning betakror go‘zalligini his etish va uni dunyoga tanitish yo‘lida muhim qadamdir.
Ijtimoiy tarmoqlar:



