logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti hamda K.I. Skryabin nomidagi Qirg‘iz milliy agrar universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi bugun amalda o‘zining aniq va samarali natijalarini namoyon etmoqda.

view 81

2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik mobillik dasturi doirasida oflayn shakldagi dars jarayonlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur dastur asosida Texnologiya va bioresurslar fakultetining “Standartlashtirish va metrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar professor-o‘qituvchi hamda 6 nafar 3-bosqich talabalari universitetimizning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash” kafedrasida akademik mobillikni amalga oshirmoqda. Mashg‘ulotlar zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuv asosida tashkil etilib, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining ilg‘or laboratoriyalarida amaliy darslar o‘tkazilmoqda. Talabalar zamonaviy uskunalar bilan ishlash, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur anglash va kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, Zooinjeneriya fakulteti tasarrufidagi laboratoriyalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish ham ular uchun muhim tajriba maktabiga aylanmoqda.

Bunday akademik mobillik aloqalari ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlab, tajriba almashish va raqobatbardosh, zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.