logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida iftorlik dasturxonida talabalar birga tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi

view 62

Tadbir davomida universitet rektori N. Oblomuradov hamda prorektorlar talaba-yoshlar va ustozlar bilan samimiy suhbat qurib, barchani kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdilar. O‘z nutqlarida ular milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va sadoqat ruhida tarbiyalash muhimligini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan jonli kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Talabalar va ustozlar tomonidan she’riy chiqishlar namoyish etildi. Muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgan ushbu iftorlik dasturxoni tadbirga o‘zgacha fayz va baraka baxsh etdi. Bir dasturxon atrofida jam bo‘lish mehr-oqibat, shukronalik va hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalarga rektor tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Bu e’tibor yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni bilim olishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Mazkur bayram tadbiri nafaqat milliy an’analarimizni targ‘ib qildi, balki universitet jamoasining yakdilligi, o‘zaro hurmati va mustahkam jamoaviy ruhini yana bir bor namoyon etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.