Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish tashabbusi amalda o‘z ifodasini topmoqda. Mazkur tashabbus doirasida bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Rahbar va yoshlar”, “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuvda Toshkent viloyati qoshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari, palkovnik L.Usmonov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat kengashi raisi M.Xamzayev, Yoshlar-kelajagimiz jamgʻarmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari M.Xolboʻtayev , TDAU birinchi prorektori J.Lapasov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘ldi, bu esa davlat siyosatida ochiqlik va muloqot tamoyillarining ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Muloqot yakunida bildirilgan takliflarni tizimli o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi. Zero, aynan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish agrar sohaning kelgusi taraqqiyotini belgilovchi muhim omildir.
Ijtimoiy tarmoqlar:




