logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU Run Club’ning ilk yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

view 26

Toshkent davlat agrar universitetida “TDAU Run Club”ning rasmiy ochilishi hamda ilk yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi. Musobaqa TDAU Yoshlar Ittifoqi va DeepenWell loyihasi hamkorligida tashkil etilib, ishtirokchilar 100 va 200 metr masofalarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yugurish natijalari DeepenWell ilovasi orqali raqamli tarzda qayd etib borildi.

🏆 Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari:
Erkaklar — 100 metr:
🥇 Odiljonov Bohodir — 11,97 soniya
🥈 Aliyev Aktam — 12,14 soniya
🥉 Ibragimov Dilmurod — 12,23 soniya
Erkaklar — 200 metr:
🥇 Nematov Samandar — 26,56 soniya
🥈 Asqaraliyev Sh. — 27,01 soniya
🥉 Shomansurov Sh. — 28,07 soniya
Ayollar — 100 metr:
🥇 Ergashova Lobar — 16,65 soniya
🥈 Mirzoraximova Orasta — 17,28 soniya
🥉 Mamatqulova Zarina — 18,13 soniya
Ayollar — 200 metr:
🥇 Do‘sonova Feruza — 35,79 soniya
🥈 Inomjonova Nozima — 37,51 soniya
🥉 Xayrullayeva Dilafruz — 39,52 soniya
our Heading

Taqdirlangan ishtirokchilarga 1-o‘rin uchun 1,5 million so‘m, 2-o‘rin uchun 1 million so‘m va 3-o‘rin uchun 500 ming so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun musiqiy shou-dastur, hamkorlar tomonidan snack-bar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha maxsus sovg‘alar tashkil etildi.

✅“TDAU Run Club” kelgusida ham talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlarini birlashtirgan holda muntazam yugurish mashg‘ulotlari va ommaviy sport tadbirlarini davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.