O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i T. Ataqulov hamda Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev Farg‘ona shahrida joylashgan Lola Murotova nomidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida texnikum faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonining sifatini oshirish hamda metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida o‘quv dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish, zamonaviy laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulot maydonlarini kengaytirish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash, texnikumni haqiqiy , “Zamonaviy kadrlar tayyorlash markazi”ga aylantirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Ushbu tashrif davomida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini boshqarish, issiqxona xо‘jaligini rivojlantirish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bо‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


